5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni

Xalqimizda “Chin ko‘ngildan yaxshilik qilish” degan tushunchalar borki, o‘zaro mehr-oqibatga undovchi amallarga nisbatan mana shu jumlalar qo‘llaniladi.

Bunday insonlarni har turli faoliyat ustida uchratish mumkin. Mahallalarda birlashib muhtojlarga ko‘maklashish, o‘zaro hashar yo‘li bilan uylarni ko‘tarish, og‘ir vaziyatlarga tushgan insonlarga jamoa bo‘lib yordam berish kabilar yurtimizda azaldan ko‘ngillilar ko‘magi yo‘lga qo‘yilganini anglatadi.

Ko‘ngillilar bugungi kunda “volontyorlar” tushunchasi bilan yanada keng qamrovga ega bo‘lib, o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini jamiyat uchun beminnat ko‘mak berishga sarflovchi insonlar jamoasi sifatida shakllantirildi.

“Volontyor” so‘zi fransuzcha “volontaire” so‘zidan olingan bo‘lib, “ixtiyoriy”, “o‘z xohishiga ko‘ra ish qiluvchi”, degan ma’nolarni anglatadi.

Ko‘ngilli (volontyor) – so‘zining yuridik ta’rifi esa moddiy mukofot kutmagan holda faoliyatning turli sohalarida chin ko‘ngildan, beg‘araz holda o‘z yordami va xizmatini rasmiy tarzda taklif etuvchi kishidir.

Beg‘araz faoliyatning qamrovi ham keng va turlichadir. Chin ko‘nglidan ko‘mak berib, evaziga hech qanday manfaat, foyda kutmasdan yordam qo‘lini cho‘zuvchi insonlarga esa jamiyatda har doim ehtiyoj seziladi.

1985 yil BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida dunyo davlatlariga 5-dekabrni – “International Volunteer Day for Economic and Social Development“ – Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lidagi Xalqaro ko‘ngillilar kuni yoki qisqacha, ”International Volunteer Day“ – Xalqaro ko‘ngillilar kuni sifatida nishonlashni taklif qilgan.

Shu tariqa BMT ko‘ngillilar dasturi har yili dunyo bo‘ylab minglab ko‘ngilli insonlarni harakatga keltirib kelmoqda. 6500 ko‘ngilli ushbu Dastur bo‘yicha dunyoning eng og‘ir, qiyin nuqtalarida faoliyat olib borsa, 12 000 ko‘ngilli masofaviy tarzda 20 000 dan ko‘proq turli UNV Online tizimidagi ishlarni bajaradi.

Masalan, bunday ko‘ngilli va oddiy insonlar katta-katta jamoat joylarini tozalash ishlariga o‘zlari talabgor bo‘lib ishlashsa, ba’zilari ijtimoiy yoki xayriya kompaniyalari uchun broshyura va plakatlar tarqatishadi, yirik sport musobaqa va olimpiadalarida ko‘ngilli tarjimon va gidlar sifatida yollanadi. Ko‘ngillilar asosan yoshlar, talaba va o‘quvchilardan iborat bo‘ladi.

Mamlakatimizda ham bunday faoliyatga qonuniy asosda imkoniyatlar berilgan. Xususan, 2019 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. Unda volontyor va volontyorlik tashkilotining maqomi mustahkamlandi, ko‘ngillilik faoliyatining yo‘nalishlari belgilab berildi.

2020 yil 4 dekabrda esa O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tashkil etilib, volontyorlar forumi o‘tkazildi.

Volontyorlik yo‘nalishlari…

Volontyorlik faoliyati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

- kam ta’minlanganlar, ishsizlar, ko‘p bolalilar, boshpanasizlar, qarovsiz qolganlar, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida volontyorlik yordami ko‘rsatish;

- bemorlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘izlar, qariyalar hamda o‘zining jismoniy, moddiy yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlari sababli qo‘llab-quvvatlashga va yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni parvarishlashni amalga oshirish;

- tabiiy yoki texnogen tusdagi favqulodda vaziyat oqibatida, alohida rejim, favqulodda holat joriy etilganda, ijtimoiy mojarolar, baxtsiz hodisalar natijasida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek jinoyatlardan jabrlanganlarga, qochqinlarga, mamlakat ichkarisida ko‘chib yurganlarga yordam ko‘rsatish;

- o‘zining jismoniy yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlari sababli o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishi cheklangan shaxslarga yordam ko‘rsatish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy meros, tarixiy-madaniy muhit, tarixiy va madaniy yodgorliklar, dafn etish joylarini saqlab qolish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazish;

- ommaviy sport, madaniy tadbirlarni va boshqa jamoat tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq milliy hamda xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarni o‘tkazishga ko‘maklashish;

- alohida davr va favqulodda holat huquqiy rejimlarining amal qilishi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, boshqa harbiy idoralarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga volontyorlik yordami ko‘rsatish.

Bugungi kunda volontyorlar mehribonlik uylari, qariyalar muruvvat uyiga yordam ko‘rsatish, ularga turli bayramlar uyushtirish parvarishlash ishlarida ham faol ishtirok etishadi. Yer yuzida sodir bo‘layotgan turli tabiiy ofatlar, zilzila, sel kelishi va boshqa noxushliklar oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ham minglab ko‘ngilli insonlar ko‘magi asqatmoqda.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgulikning erta-kechi yo‘q...