Davlatimiz rahbarining 2009-yil 3-avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

...Tashqarida yomg‘ir ezib yog‘ayapti. Qishloqning pastak, loysuvoq uylari, guvala devorlari namgarchilikdan erib, hozir bosib tushguday. Nimqorong‘i xonada terib qo‘yilgan kosa, jom, tog‘ora kabi idishlarga shiftdan tinmay chakka tomib turibdi.

Bu o‘ttiz-qirq yil oldingi qishloq uylaridagi manzara.

Xotiramda o‘rnashib qolgan bu ko‘rinish qishlog‘imiz ahli uchun odatiy hol edi.

Bugun istiqlol sharofati bilan obodlikda shaharlar bilan bo‘ylashayotgan qishloqlar jamoli u dilgir xotiralarni ortda qoldirdi. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan zamonaviy uy-joylar, aholi ongu tafakkuridagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib qalbingiz g‘ururga to‘ladi. Mustaqillik bergan imkoniyat, Prezidentimiz rahnamoligida turmushimiz obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaralaridan yuraklar hapriqadi.

Buni Namangan viloyati qishloqlarida barpo etilayotgan shunday uy-joylar misolida ham ko‘rish mumkin. Davlatimiz rahbarining 2009-yil 3-avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur qaror asosida viloyatda 2009-2013-yillarda yetmish ikki massivda 2 ming 402 namunaviy uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi.

– Bunday qulayliklarga ega uylar qishloq ahlining, ayniqsa, ayollarning ezgu orzusi edi, – deydi To‘raqo‘rg‘on tumani Yangi Axsikent dahasida yashovchi Dilfuza Azizova. – Shahar uylaridagi kabi sharoit ro‘zg‘or yumushlarini yengillatib, farzandlarimiz tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini bermoqda. Uylarning kreditga berilayotgani, to‘lov muddati o‘n besh yil qilib belgilangani, to‘lov oylik maoshi hisobidan amalga oshirilsa, daromad solig‘idan ozod etilishi kabi imtiyozlar Yurtboshimiz tomonidan qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlikning amaldagi ifodasidir.

Yangi qurilayotgan massivlarda zamonaviy infratuzilmani yaxshilash, qo‘shimcha qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida maktab, qishloq vrachlik punkti, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, hammom, dorixona, guzar, bekat va mini-bank kabi yuzdan ziyod ijtimoiy infratuzilma obyekti qurildi. 120 kilometr ichimlik suvi, 92 kilometr gaz quvuri, 65 kilometr elektr tarmog‘i tortilib, 68 kilometr ichki yo‘llar barpo etildi.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 15-noyabrda qabul qilingan "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014-yil dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, joriy yilda viloyatda 777 zamonaviy uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda yigirma olti massivda bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar barpo etilayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini ham rivojlantirish imkonini bermoqda. Qurilish ashyolari va jihozlari mahalliy korxona va kichik biznes subyektlarida tayyorlanayotgani quruvchilarga qo‘l kelayotir. Arzon va sifatli mahsulotlar uy-joylarning mustahkamligi va tannarxining pasayishiga xizmat qilmoqda. Xususan, binolarni isitish tizimi uchun mo‘ljallangan maxsus qozonlar Namangan shahridagi “Mexmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatida tayyorlanayotgan bo‘lsa, santexnika jihozlari “Musaffo polimer” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Etalon” ko‘p tarmoqli korxonasi ichki va tashqi kommunikatsiya tizimida foydalaniladigan polimer quvurlar yetkazib bermoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligiga munosib to‘yona bo‘ladigan bunday zamonaviy uylar yurtdoshlarimiz qalbida ezgu niyat va yorug‘ orzular uyg‘otib, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu niyat, yorug‘ orzular ijobati