Til – millat ko‘zgusi, uning o‘zligini, ma’naviy qiyofasini ko‘rsatuvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o‘zini, qadr-qimmatini, g‘ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir.

Dunyoda ko‘plab davlatlar mustaqil bo‘lsa-da, afsuski, o‘zining rasmiy tiliga ega emas. “SIL INTERNASIONAL” xalqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyoda 7 mingdan ortiq til va lahja mavjud. Ularning atigi 560 tasi davlat va o‘quv-tarbiya sohalarida faol qo‘llaniladi, 43 foizi xavf ostida.   

1989 yil 21 oktyabr kuni yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. O‘zbek tili – ona tilimiz davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida yaratilishi esa ona tilimizning nufuzini yanada yuksaltirdi.   

Davlatimiz madhiyasi xalqaro maydonlarda o‘zbek tilida yangray boshladi. Ayniqsa, ona tilimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasiga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.   

O‘zbekiston Prezidenti 2019 yil 21 oktyabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq, “2020 – 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. 2020 yil 20 oktyabrda esa Prezidentimizning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni, deb belgilandi.   

Bugun davlat tilining qo‘llanish doirasi kengayib, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar chop etilayotir. Mamlakatimiz rasmiy idoralarida ish asosan davlat tilida yuritilmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinmoqda.   

Shuningdek, barcha sohalar kabi sport sohasida ham o‘zbek tili keng tatbiq etilmoqda. Ayniqsa, o‘zbek milliy kurashining jahon bo‘ylab ommalashuvi samarasida xalqaro maydonlarda "kurash", "ta’zim", "halol", "chala", "yonbosh" kabi o‘zbekcha atamalarning baralla yangrayotgani qalbimizda cheksiz faxr-iftixor uyg‘otadi.   

Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilgan XXXIII Olimpiya o‘yinlari va XVII Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik muxlislar “Temuriylar keldi”, “Boburiylar  keldi” deya sportchilarimizni baralla qo‘llab-quvvatladi. Sport maydonlari uzra yangragan sof o‘zbek tilidagi hayqiriqlarga turli davlatlardan kelgan sport ixlosmandlari ham jo‘r bo‘ldi. Bu esa o‘zbek tili nufuzini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.   

–Nufuzli musobaqalardagi g‘alabalarimiz sharafiga ona tilimizdagi madhiyamiz yangraganda tariflab bo‘lmas hissiyotlarga ko‘milib ketaman, – deydi ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolov. – Sport tufayli dunyoning ko‘plab mamlakatlariga borganman va u yerda boshqa mamlakat sportchilari bilan muloqotda bo‘lganimizda ko‘plab sportchilarning davlat tillari yo‘qligi haqida eshitganmiz. Garchi musobaqalarda ingliz, fransuz va ispan tillarida muloqotlarga kirishishga to‘g‘ri kelsa-da, biz o‘z tilimizni doimo ustun qo‘yganmiz. Axir men o‘zbek oilada, onamning sof o‘zbek tilidagi allasini eshitib ulg‘ayganman.   

Ha, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bu bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, boyitish, nufuzini yanada oshirish, kelajak avlodga uni butun jozibasi va go‘zalligi bilan yetkazish har birimizning burchimizdir. Zero, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu fazilatlar inson qalbiga ona tilining betakror jozibasi bilan singadi