Ro‘yob – suvning yuzasi, sathi degani. Bu so‘z odatda orzu, niyatning ushalishiga aytiladi. Etika va estetika fanlari asrlar davomida inson kamoloti, jamiyat ravnaqi va davlat barqarorligiga xizmat qilib kelgan. Mazkur fanlarning keng dunyoqarashga ega, yuksak estetik did va axloqiy tarbiyaga ega ijodkor yoshlarni tarbiyalashda o‘rni beqiyos.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 apreldagi "Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan Badiiy akademiya tasarrufidagi 15 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi va maktab-internatlari hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mazkur fanlar joriy etildi.

O‘quvchi va talabalarning intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik, mo‘jizaviylik va xayolilik, qiziqarlilik va zerikarlilik kabi mezoniy tushunchalarni, shuningdek, estetik munosabat, nafosat va estetik anglash kabi masalalarni o‘rgatuvchi estetika fani hamda insonparvarlik va erkparvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik, fidoyilik va ziyolilik, mehnatsevarlik va tinchlikparvarlik kabi axloqiy tamoyillarni, halollik va rostgo‘ylik, hayolilik va insoflilik, xushfe’llik, shirinsuxanlik, kamtarinlik, bosiqlik, xudbinlik va shuhratparastlik kabi axloqiy me’yorlarni o‘rgatuvchi etika fanining o‘rni beqiyos. Forobiy “bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim”ligini o‘qtirgan.  

Endilikda Badiiy akademiya tasarrufidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari milliy va umumbashariy estetik qadriyatlardan zavqlanadigan, ularni baholay oladigan, badiiy soddalikni anglay biladigan yuksak did egalari bo‘lib yetishishiga ishonamiz.

Kamol Elmirov,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu choralar ro‘yobi