Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochgan jahonning taniqli va nufuzli telekanallaridan biri – Euronews ijodkorlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib, qadimiy vohaning boy turistik salohiyati haqida qiziqarli ko‘rsatuv tayyorladi.

Yevropadagi 24 soatlik yangiliklar kanali Fransiyada 32 yil muqaddam tashkil etilgan. Ayni paytda sayyoramizning 150 dan ortiq davlatida faoliyat yuritib, o‘z ko‘rsatuvlarini o‘n uch tilda olib boradi. 

Jurnalistlar uch kun viloyat bilan tanishib, ko‘rsatuv uchun noyob lahzalarni tasvirga oldi. Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev vohaning uzoq o‘tmishdan so‘zlaydigan tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, eko, gastronomik va boshqa turistik ob’ektlari, sayyohlarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘zlab berdi. Nufuzli telekanal ijodkorlari viloyatning arxeologik yodgorliklari, noyob milliy hunarmandchiligi, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishdi.

[gallery-24478]

Boysun tumanidagi osmono‘par Xo‘jaqo‘chqorota tog‘lari qo‘ynida “Boysun” folklor-etnografik xalq ansambli san’atkorlari milliy qadriyat va urf-odatlarimiz tarannum etilgan konsert dasturlari bilan ko‘rsatuv jozibadorligini yana oshirdi. Ko‘rsatuv uchun surxondaryolik tajribali gid Sergey Avtayev vohadagi buddizm yodgorliklari, ularning tarixi va jahon tamaddunida tutgan o‘rni, qadimgi folklor san’atimizning nafis qirralarini namoyish etayotgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Sarmangan” ansambli haqidagi qiziqarli fikrlarini baham ko‘rdi.  

Safar yakunida xorijlik ijodkorlar O‘zbekistonning janubdagi mintaqasi ularda boy taassurot uyg‘otganini alohida e’tirof etdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Euronews ijodkorlari Surxondaryoda