ETTB Qirg‘izistonda energetika va transport loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha boshqaruvchi direktori Husayn O‘zxon Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi mintaqaviy vakil Nodira Mansurova bilan uchrashdi.
Qirg‘iz Respublikasi “Kabar” axborot agentligi xabar berishicha, muloqot davomida “Qambar-Ota GES-1” qurilishi va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Janob O‘zxon qardosh mamlakatning sezilarli yutuqlarini qayd etib, Qirg‘iziston milliy iqtisodiyoti jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.
U “Qambar-Ota GES-1” ahamiyatini alohida ta’kidlab, majmuani muhim mintaqaviy loyiha, deb atadi. Shuningdek, bank mamlakatda energetika va transport infratuzilmasi loyihalari amalga oshirilishi davom etishini tasdiqladi.
Tomonlar Qirg‘izistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha sheriklikni yanada mustahkamlash orqali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorliklarini tasdiqladilar.
A.Mamatov, O‘zA