O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni sifatli va arzon xomashyo bilan ta’minlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan 
va belgilangan tartibda aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib kiriladigan polietilen granulalari uchun aksiz solig‘ini 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar nol stavkada qo‘llash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. 2028 yil 1 yanvarga qadar ayrim etilen polimerlarining birlamchi shakllari (TIF TN kodi 3901 10 900 0, 3901 30, 3901 40) va propilen polimerlarining birlamchi shakllarini (TIF TN kodi 3902 10 000 0) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llansin.

3. Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda mamlakatga sifatsiz kontrafakt egiluvchanqadoqlar (polietilen plyonkalar, polipropilen plyonkalar, noto‘qima materiallar, polietilen qoplar, big-beglar va boshqalar) importining oldini olish (eks-offitsio prinsipi asosida) choralarini ko‘rsin.

4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

a) bir oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur qarorning 1-bandidan kelib chiqadigan o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;

b) 2025 yil 1 oktyabrga qadar polietilen granulalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar uchun aksiz solig‘i solinishida import bilan teng sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazilishi hamda tushuntirilishini ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi 

           Prezidenti                           Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2025 yil 18 avgust

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida