Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir ayyom arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat faxriylariga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinadi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ushbu ezgu an’ana davom ettirilmoqda. Jumladan 123 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlar hamda 20 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa etildi. Shuningdek, 71 nafar baynalmilalchi jangchilar, 4 nafar Chernobil AES fojeasini bartaraf etishda ishtirok etganlar va 13 nafar mehnat fronti faxriylari ham bu kabi yordamdan bahramand bo‘ldi.
OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanov tomonidan imzolangan buyruqqa ko‘ra, 13 nafar Ikkinchi jahon urushi mehnat faxriylari, 229 nafar baynalmilal jangchilar va 9 nafar Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashganlarga moddiy yordam pullari berilishi belgilandi.
Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan nuroniylar yurt tinchligi so‘rab duo qilmoqda. xalqimiz farovonligi yo‘lida ezgu amallarga bosh bo‘lgan Prezidentimizga minnatdorlik bildirmoqda.
OKMK Axborot xizmati