Estoniya va Norvegiya rossiyalik hamda belaruslik sportçilarga taqiq qöydi
Mazkur çeklov neytral maqomda iştirok etiş huquqini olgan sportçilarga ham taalluqli.
Estoniya va Norvegiya Rossiya hamda Belarus sportçilarining öz hududlarida ötkaziladigan xalqaro musobaqalarda iştirok etişiga nisbatan çeklovlar joriy etişga qaror qildi.
Estoniya Madaniyat vazirligi Xalqaro çanği sporti va snoubord federasiyasiga (FIS) rasmiy xat yöllab, rossiyalik va belaruslik sportçilar mamlakat hududidagi musobaqalarga qöyilmasligini ma’lum qildi.
Mazkur çeklov neytral maqomda iştirok etiş huquqini olgan sportçilarga ham taalluqli.
Estoniya hukumati bu qarorni Ukrainada davom etayotgan uruş bilan izohlamoqda. Mamlakat rasmiylarining ta’kidlaşiça, Rossiya va Belarus sportçilarining xalqaro musobaqalarda iştirok etişiga nisbatan avvalgi pozisiya özgarmagan.
Norvegiya hukumati ham şunga öxşaş qaror qabul qildi. Mamlakat Adliya va jamoat xavfsizligi vazirligi migrasiya xizmati hamda polisiyaga musobaqalarda qatnaşiş maqsadida kelayotgan Rossiya va Belarus professional sportçilarining kirişini rad etiş böyiça körsatma beradi.
Çeklovlar sportçilarga hamrohlik qiluvçi murabbiylar va boşqa xodimlarga ham tatbiq etiladi. Agar ular mamlakatga musobaqada iştirok etiş maqsadida kelgan bölsa, çiqarib yuborilişi mumkin.
Norvegiya rasmiylari uşbu çoralar xalqaro sport taşkilotlari rossiyalik va belaruslik sportçilarga nisbatan ayrim çeklovlarni yumşatayotgan bir paytda qabul qilinganini bildirgan.
Avvalroq Finlyandiya ham rossiyalik sportçilarning mamlakatga kirişiga nisbatan çeklovlarni kuçaytirgan edi.
Yangi qarorlar, ayniqsa, uşbu mamlakatlarda ötkazilişi rejalaştirilgan qişki sport musobaqalari iştirokçilariga ta’sir qilişi mumkin.