Eshonobod – obod va fayzli go‘sha
FOTOREPORTAJ
Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Eshonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida 3 ming 700 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasida maskan obodlik kasb etgan.
Ko‘rkam va zamonaviy tipda bunyod etilgan mahalla idorasida soha xodimlari hamda bu yerga keladigan fuqarolar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
[gallery-6332]
Hududda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Ataman” tikuvchilik sexida ayni paytda 250 nafar xotin-qiz ish bilan band. Sexda asosan korxona va tashkilotlar uchun maxsus xizmat kiyimlari, kattalar va bolalar uchun kostyum-shim tayyorlanadi. Korxona mahsulotlariga buyurtmachilar talabi yuqori.
Mahallada joy olgan Madaniyat saroyida esa turli yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda ko‘plab yosh iste’dodlar mahorat oshirmoqda.
Bugun joylarda bo‘layotgan o‘zgarishlar bevosita aholi turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Buni Eshonobod mahallasida yashovchi kishilar kayfiyatidan ham yaqqol sezish mumkin.
Nosirjon HAYDAROV (surat),O‘zA