Xitoyda slalomda eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, musobaqaning K1 yo‘nalishida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Pavel Eygel marraga ikkinchi bo‘lib keldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishdagi oltin va bronza medallari Liman Xuan (Xitoy) hamda Kosuki Saitoga (Yaponiya) nasib etdi. Shuningdek, Pavel ekstrim slalom yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi natijani qayd etdi va bronza medaliga ega chiqdi. K1 jamoaviy bahslarida Pavel Eygel, Samandar Saydullayev va Janibek Temirgaliyevdan tashkil topgan jamoamiz shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.
Osiyo chempionatining C1 jamoaviy bahslarida Anvar Klevleyev, Abubakir Bukanov, Sherzod Qurbonaliyevdan iborat jamoamiz munosib ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA