ESG: barqaror rivojlanish, ochiqlik va ekologik mas’uliyat
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi Toshkent issiqlik elektr markazida tanishuv tashrifi tashkil etildi.
Unda mamlakatimizning yirik davlat tashkilotlari mutaxassislari, ESG va ekologiya yo‘nalishidagi rahbar xodimlar ishtirok etdi.
“UzAssets” AJ, “PwC” xalqaro kompaniyasi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirilayotgan ESG yo‘nalishidagi malaka oshirish dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad issiqlik gazlari chiqindilarini(Scope 1) inventarizatsiya qilishning amaliy jihatlari, shu jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish, o‘lchash ishlarini tashkil etish va birlamchi hujjatlarni yuritish usullari bilan tanishishdir.

Tadbirning amaliy qismi 2024-yilda foydalanishga topshirilgan Yaponiyada ishlab chiqarilgan yangi gaz turbinasi qurilmalari negizida tashkil etildi. Mazkur qurilmalar xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy uskunalar hisoblanadi.
Gaz-turbina qurilmalarini qurish va foydalanishga topshirish loyihasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, bu stansiyaning generatsiya quvvatlarini modernizatsiya qilish va ekologik samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Tashrif doirasida ishtirokchilarga stansiyaning ishlab chiqarish infratuzilmasi, tashlanmalarning statsionar manbalari hamda ularni hisobga olish bo‘linmalari tanishtirildi. Ekologik monitoring, hisobdorlik va atrof-muhitga ta’sirni boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash kerakki, ESG tamoyillari strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va faoliyat ochiqligi masalalariga faol kirishish, shuningdek, bu kabi tadbirlar yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining ESG sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalar va standartlarni joriy qilishga moyilligini tasdiqlaydi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ESG sohasida kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari darajasini oshirish hamda tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA