Erve Renar Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Renar ushbu terma jamoani avval ham, 2014–2015-yillarda, boshqargan.
Fransiyalik mutaxassis Erve Renar rasman Kot-d’Ivuar terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Kot-d’Ivuar futbol federatsiyasi (FIF) ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qildi.
Renar ushbu terma jamoani avval ham, 2014–2015-yillarda, boshqargan.
Faoliyati davomida u Zambiya, Angola, Marokash, Saudiya Arabistoni va Tunis terma jamoalarida ham ishlagan. Klub miqyosida esa Fransiya, Angliya, Vietnam va Jazoir klublarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionatida Kot-d’Ivuar terma jamoasi 1/16 final bosqichiga qadar yetib borib, Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Erve Renar murabbiylik faoliyati davomida Afrika Millatlar Kubogini Zambiya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari bilan qo‘lga kiritgan.