Sanoqli kunlardan so‘ng 2024 yil tarixga aylanadi. Yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, ertangi kungi marralarga zamin yaratish har bir kishini o‘ylantirishi tabiiy hol. Yakun topayotgan yilda nimalarga erishdik va nimalar armonga aylandi, armonga aylangan umidlar yangi yilda o‘z ro‘yobini topadimi, buning uchun nimalarga urg‘u bermoq kerak. Bu kabi savollar ko‘p, shu bilan birga javoblar ham bisyor.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori, professor Shavkat Imomov yil yakuni va kelgusi rejalar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Ko‘pchilikka yaxshi ma’lum tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, samarali ilmiy tadqiqotlar olib borish, fan va ta’lim yo‘nalishlarida chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamda izchil aloqalarni yo‘lga qo‘yish har qanday oliy ta’lim muassasasining nufuz va ahamiyatini belgilovchi asosiy xususiyatlardir. Bu borada Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti respublika miqyosida o‘z o‘rniga ega. Hozirda, oliy ta’lim muassasasi tuzilmasi 3 fakultet va 15 kafedradan iborat bo‘lib, 18 ta bakalavriat, 9 ta magistratura yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanmoqda.  

Ayni paytda BuxTRBIda bakalavriat yo‘nalishida 3693 talaba (shundan 1864 nafari kunduzgi, 1829 nafari esa sirtqi yo‘nalishda), o‘z navbatida, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 113 nafar magistrant tahsil olmoqda.  

Mazkur oliygohda yoshlarning dunyo standartlariga mos yuqori saviyada, sifatli hamda izchil ta’lim olishlariga 156 nafar professor-o‘qituvchi mas’ul. Ushbu pedagog kadrlardan 7 nafari fan doktori, 54 nafari esa fan nomzodlari (PhD) hisoblanadi.  

Shuningdek, institut rahbariyati tomonidan jami 21 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolagan. 2 nafar xorijiy mutaxassis bu yerdagi ta’lim jarayoniga jalb qilingan. Xususan, 2010 yilda poytaxtdagi nufuzli institutlardan birining filiali sifatida tashkil topgan, endilikda institut maqomida bo‘lgan ushbu ilm-fan va ta’lim dargohi Malayziyaning INTI Xalqaro universiteti, Vengriyaning Obuda, Szeged, Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar, Turkiyaning Ushak va Yaqin Sharq texnika, Xitoyning Shaanxi texnologiya, Germaniyaning Gumbold nomidagi Berlin, AQSHning Vayoming, Ayova universitetlari, shuningdek, Fransiya, Rossiya, Isroil, Xorvatiya, Belorusning nufuzli OTMlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlik qilmoqda.  

Xususan, 2024 yilning 27-31 may kunlari Turkiyaning Ushak universitetida o‘tgan 5-Xalqaro hamkorlik haftaligi (5th International Staff Week – Uşak)da, 25-noyabrdan 6-dekabr oralig‘ida esa “Yosh olimlar, doktorantlar va magistrlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovka”da institutimiz vakillari faol qatnashdilar. Shuningdek, iyunda oliy ta’lim dargohimiz hamda Xitoy Xalq Respublikasining Lanjau universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Xitoy – O‘zbekiston” iqlim o‘zgarishlari qo‘shma laboratoriyasi faoliyatiga start berildi.

O‘z navbatida, yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Vengriyaning Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universitetida malaka oshirishga 2 nafar stajyor-o‘qituvchimiz munosib deb topildi. Qolaversa, iqtidorli ilmiy kadrlarimizdan biri Nizom Farmonov Vengriyaning Szeged universitetida doktorlik dissertatsiyasi(PhD)ni muvaffaqiyatli himoya qildi.  

Bundan tashqari, kuzda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldik. Qozon shahridagi “V.D.Potashev nomli texnika kolleji” davlat avtonom professional ta’lim muassasasi, Alabuga maxsus iqtisodiy zonasi, “KAMAZ” ommaviy aksiyadorlik jamiyatidagi ishlab chiqarish maskani faoliyati va ta’lim jarayoni, zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdik.  

BuxTRBIda dunyoning etakchi universitetlari faxriy professori unvonini olgan olimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchilarning ilmiy ishlanma va tavsiyalari asosida Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Koreyada zavodlar ishlamoqda.  

Institutning axborot resurs markazi fondi 25 mingdan ortiq adabiyotdan iborat. Shulardan 10 000 ga yaqini darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 400 ga yaqini ilmiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, ilmiy jurnallardir. Shuningdek, ARMda 13000 dan ortiq elektron adabiyotlar mavjud.  

Institut hududida zamonaviy Texnopark faoliyat olib bormoqda. O‘ziga xos tajriba maydoniga aylangan ushbu maskanda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, bu yerda ko‘chat yetishtirish uchun biogumusdan tuvakchalar tayyorlash qurilmasi yordamida ayni shunday mahsulot tayyorlanadi. Ta’kidlash joizki, bunday texnologik vositaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar ushbu qurilma biogumusdan tuvakchalar tayyorlash maqsadida qo‘llanilganida mehnat sarfi 60 foizga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar esa taqriban 40 foizga kamayishini ko‘rsatdi. Ko‘shat yetishtirish ushun biogumusdan tuvakchalar tayyorlash qurilmasining bir soatdagi sof ish unumdorligi 450 donani, elektr energiyasi sarfi 1,5 kvt/soatni tashkil qiladi.  

Bundan tashqari, Kogon tumanida joylashgan ilmiy o‘quv markazi hamda Romitandagi o‘quv tanishuv maydonida talaba yoshlar, magistrlar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar tajriba sinovlarini o‘tkazmoqda. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida kafedra filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ularda ixtisoslik fanlaridan amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.  

Qolaversa, bu dargohda suv xo‘jaligiga oid gidrotexnika inshootlarining ochiq osmon ostidagi kichik modellarini ko‘rish mumkin. Institutning IT markazida talabalar malakali mutaxassislar ko‘magida dasturlash, veb-dasturlash, prodizayn, arxitektura, dizayn va chizmachilik kabi ko‘plab yo‘nalishlarda tahsil oladilar. Shuningdek, institut bitiruvchilari respublikaning boshqaruv tizimida, vazirlik va idoralardagi yuqori lavozimlarda, bir qator chet el kompaniyalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.  

2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlandi. Bu hol ayniqsa, biz, qishloq xo‘jaligi, Yer va suv resurslarini, tevarak muhit, ona tabiatni ilmiy o‘rganishga bevosita mas’ul mutaxassislar ko‘nglidagi gap bo‘ldi. Yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan davlat dasturi asosida bu borada galdagi ishlarda, amaliy harakatlarda uyushqoqlik va faollik ko‘rsatish taqozo etiladi, albatta.  

Ushbu umummilliy miqyosidagi jarayonda barcha qatori BuxTRBIning ilmiy kadrlari, tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilari, malakali mutaxassislari ham o‘z kuch, bilim hamda salohiyatlarini safarbar etadi.

Suhbatni O‘zA muxbiri Zarif Komilov yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertangi kunga zamin bugundan boshlanadi