Ertaga “Sohibqiron kubogi” g‘olibi ma’lum bo‘ladi
FOTOREPORTAJ
Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida sovrin jamg‘armasi 20 ming AQSH dollari bo‘lgan “Sohibqiron kubogi” VI xalqaro turnirining 8-turi o‘ynaldi.
Shaxmatchilar “A” (reyting ko‘rsatgichi 1800 va undan yuqori) va “B” (1799 va undan past) guruhlariga bo‘lingan holda dona surmoqda.
[gallery-17687]
O‘tkazilgan 8 ta turdan so‘ng, “A” guruhida hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov 7 ochko jamg‘argan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarni ukrainalik ikki shaxmatchi Aleksandr Moiseyenko va Vitaliy Bernadskiy egallab turibdi. “B” guruhida ham 8 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ara olgan hamyurtimiz Ziyodulla Sayfullayev yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda borayotgan Temur Shavkatov va Alisher Umurzoqov (O‘zbekiston) hisobida 6,5 ta ochko bor.
Xalqaro turnirning g‘olib va sovrindorlari ertaga, 4 iyun kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA