Ertaga qur’a
9-may 23:00da kelasi yilning yanvar-fevral oylarida Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi bahslarining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Marosim Riyod shahrida joylashgan YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan Diriya xarobalari ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi. Qur’a tashlash marosimida Yaponiya terma jamoasi sobiq yulduzi Xidetoshi Nakata, Saudiya Arabistoni terma jamoasi sardori Salim Al-Dovsari, Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Sellami va Ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi hakami Janubiy koreyalik Kim Yu-Jeong bevosita ishtirok etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi savatdan joy olgan va Osiyo grantlari hisoblangan Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Avstraliya bilan guruh bosqichida ro‘baro‘ kelmaydi.
Osiyo kubogi terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun katta sinov, Bungacha Fabio jamoamiz bilan "Al-Ain Cup" va FIFA Series kabi o‘rtoqlik xalqaro turnirlarida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi turniri 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar Saudiya Arabistonining Riyod, Jidda va Dammam shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu maqola jch.uza.uz saytida e’lon qilingan. Shunga o‘xshash maqolalarni ushbu saytda o‘qishingiz mumkin.