MUNOSABAT

Insonga e’tibor qaratish, uning turmush-tarzidan tortib ko‘nglidagi orzu-o‘ylarigacha bo‘lgan katta masofani qamrab olgan dasturilamal yaratishning o‘zi bo‘lmaydi.  

Kirib kelajak yangi yilimizga berilgan «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» nomidanoq ertangi kunimiz bundanda yorqin bo‘lishiga umidlanasan.  

Ijodkor ahlini ko‘pchilik «o‘ta ta’sirchan odamlar» sirasiga qo‘shadilar. Darhaqiqat, razolatni, adolatsizlikni, haq-huquqning poymol bo‘lishini va albatta noshukurlikni qoralaymiz. Yaxshilik va mehr-oqibat ko‘rsatish, birdamlik manzaralari esa ko‘z o‘ngimizning bezagi-ko‘rki!  

Davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimizning kuni kecha Oliy Majlis hamda butun xalqimiz hukmiga yo‘llagan Murojaatnomasini barcha birdek katta qiziqish bilan qarshiladi. Murojaatda tilga olingan barcha masalalarni jamlagan holda bir so‘z bilan odamiylik ifodasi, deyish mumkin.  

Davlatimiz rahbarining otashin nutqini tinglab, kuzatar ekanmiz, undagi jasoratli mehnat iborasi ko‘nglimizga juda esh keldi. Chindanda hayotimizni mana shu so‘zlar mohiyati bilan sug‘orsak, «hosilimiz» baland va bizga teng keladigani topilmasa kerak!  

Yurtimizdagi ta’lim tizimiga mutlaq yangicha yondashuvni joriy qilish va shuning barobarida iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,jamiyatimizda tabarruk kasb egalari bo‘lmish o‘qituvchi-murabbiylar nufuzini yanada oshirish, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan mehrli munosabatlarni shakllantirish kabi masalalar bayoni iftixor bag‘ishladi.  

Bundan tashqari, energetika tizimi borasida, tejamkorlik va samaradorlik tamoyillariga amal qilgan holda yurtimizda bosqichma-bosqich «Yashil energiya»ni barpo etish rejasi aynan sizu bizning hayotimiz farovonlashuvida muhim amaldir.  

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, rejalarimiz bisyor, ammo bularning barchasini o‘z hayotimiz misolida mustajobligini ko‘rishni xohlasak, ertaga emas, balki hozirdanoq o‘z kayfiyat va maqsadlarimizni isloh etaylik!   

Orif TO‘XTASH,  

«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi,   

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertaga emas, hozirdanoq maqsadlarimizni isloh etaylik!