Eronliklarning suyuklisiga aylangan o‘zbeklar (+video)
Eron chempionatida futbolchilarimiz soni tobora ortib bormoqda.
Ahamiyatlisi, bu chempionatda to‘p tepayotgan o‘zbekistonliklarning barchasi terma jamoamiz yetakchilari sanaladi. Darhaqiqat, fors klublari jahon bozorida ancha talabgorlariga ega bo‘lib qolgan o‘zbekistonlik futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi yaxshi strategiya. Sababi, Mundialdan so‘ng futbolchilarimizning aksari Yevropaning kuchli chempionatlariga yo‘l olishi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatdagi vaziyat biroz beqaror bo‘lib turgan holatda aksar Yevropa grandlarida to‘p tepayotgan yulduzlarni Eronga olib kelish katta muammo. Shu sababli ular daraja nuqtai-nazaridan ulardan past bo‘lmagan O‘zbekiston termasi yulduzlarini qadrlamoqda va klublari doimiy tarzda futbolchilarimizni kuzatib borib, imkon bo‘lishi bilan ular bilan shartnoma imzolayapti.
Eron termamiz yulduzlari soni jihatdan Turkiyadan ustun va sifati borasida ham bahslasha oladi. Garchi, Masharipov va Sergeyevning yoshi 30’dan oshgan bo‘lsa-da, Hamrobekov, Rustam Ashurmatov, ayniqsa, Oston O‘runov kabi futbolchilarimizni Mundialdan so‘ng yana ham katta klublarda ko‘rsak ajab emas.
Darvoqe, galdagi video aynan Eronda to‘p tepayotgan legionerlarimiz haqida. Ushbu videoni “You Tube” sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Q7Xd9SISB8E" title="Eronliklarning suyuklisiga aylangan o‘zbeklar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA