Eronda ommaviy namoyishlar davom etmoqda
Eronda milliy valyuta qadrining keskin tushib ketishi ortidan boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ta’kidlanishicha, mazkur mitinglarda so‘nggi to‘qqiz kun ichida kamida 35 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ziyod fuqaro hibsga olingan.
“Human Rights Activists in Iran” va “HRANA” ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyi oxiridan beri norozilik chiqishlari mamlakatning 27 viloyatidagi 88 shahar va aholi punktlarini qamrab olgan.

Tehrondagi markaziy bozorda savdogarlarning ish tashlashi bilan boshlangan namoyishlar 28 dekabrdan beri davom etmoqda. 29 dekabr kuni Eron milliy valyutasi – rial kursi eng past daraja qayd etgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabr oyida Eronda oziq-ovqat inflyatsiyasi 64 foizdan oshgan.

D.Hakimov, O‘zA