Eronda kimyo zavodi yong‘in sodir bo‘ldi
Eronning Kum shahridagi kimyo zavodida yirik yong‘in va portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat yong‘in xizmati vakili Hamid Kureymi.
“Moldan” kompaniyasiga qarashli kimyo zavodining sanoat hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi", — deb yozadi Fars agentligi Kureymi bergan xabarga tayanib.
Yong‘in bir nechta portlashlar bilan davom etgan va juda tez kengaygan. Halokat sodir bo‘lgan joyga 150 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va 20 ta avtomobil jalb qilingan.
"Yong‘in jilovlandi, uning boshqa omborlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik, aks holda bundan ham battar ahvolga guvoh bo‘lgan bular edik", — degan Kureymi agentlikka.