Eronda 35 nafar pokistonlik halok bo‘ldi
Eronning Yazd shahrida pokistonlik ziyoratchilarni Iroqqa olib ketayotgan avtobus yo‘l-tarnsport hodisasiga uchragan. Natijada 35 inson hayotdan ko‘z yumib, 15 kishi og‘ir tan jarohati olgan.
Pokiston radiosi xabar berishicha, mashinaning to‘xtatish tizimi ishlamay qolgan.
Prezident Osif Ali Zardoriy qurbonlar munosabati bilan hamdardlik bildirib, Tashqi ishlar vazirligiga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, qurbonlar jasadini vataniga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.