Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Havo-kosmik kuchlari giper tovushli “Fattoh-2” qanotli raketasini namoyish qildi, deb yozdi davlatga qarashli “IRNA” axborot agentligi.

– Eronning oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Humayniy Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi erishgan yutuqlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurganda giper tovushli “Fattoh-2” qanotli raketa ilk bor namoyish qilindi, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, uchoqning birinchi avlodi boshlang‘ich harakatni ta’minlash uchun oddiy raketa dvigateli hamda harakatni boshqarish uchun turboreaktiv dvigatel bilan jihozlangan.

Eronning 2022 yil noyabrda yaratilgan va “Fattoh” nomini olgan dastlabki giper tovushli ballistik raketasi iyul oyida bo‘lib o‘tgan qurollar ko‘rgazmasida ilk bor namoyishga qo‘yilgan edi. Ma’lumotga ko‘ra, raketa 1 400 kilometr masofadagi nishonga zarba bera oladi, dushman havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlariga tutqich bermaydi.

Shu tariqa Eron giper tovushli raketaga ega dunyodagi to‘rtinchi mamlakatga aylandi. Hozircha bunday qurolga Rossiya va Xitoy ega, AQSHda esa ushbu yo‘nalish sinov jarayonida.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron yangi qanotli raketani namoyish qildi