Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning Eron Islom Respublikasi dzyudo federatsiyasi faoliyatini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu xulosaga Eron dzyudo federatsiyasi e’tiroz bildirdi, ammo 2021 yil noyabr oyida o‘tgan CAS tinglovidan so‘ng sud IJF foydasiga qaror chiqardi va "CAS"ning birinchi hukmida aniqlangan jiddiy qonunbuzarlikni yana bir bor ta’kidladi.

Demak, Eron dzyudo federatsiyasi 2023 yil 17 sentyabrgacha IJF tizimidagi musobaqalarda qatnasha olmaydi. Sanksiya eronlik dzyudochilarga nisbatan 2019 yil kuchga kirgan, deyiladi Xalqaro dzyudo federatsiyasi sayti xabarida.
T. Ro‘ziyev, O‘zA