Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi sabab 120 ga yaqin chet el fuqarolari Eron-Turkmaniston chegarasini kesib o‘tdi, deb xabar tarqatdi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi.

– Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyat munosabati bilan Turkmaniston o‘z hududini xorijlik diplomatlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, hozirda Eronda bo‘lgan boshqa fuqarolarni tark etishini ta’minlash bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa mamlakatlardan 120 ga yaqin fuqaro Turkmaniston davlat chegarasini nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tgan, -deyiladi xabarda.

Mamlakat TIV ma’lumotlariga ko‘ra, kelganlarning barchasi transport vositalari, oziq-ovqat, mehmonxonada turar joy va asosiy ehtiyojlar bilan ta’minlangan. Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, bu bilan Turkmaniston o‘zining “insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga sodiqligini” amalda tasdiqlamoqda.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron-Turkmaniston chegarasini 120 kishi kesib o‘tdi