IRNA axbrot agentligi ma’lum qilishicha, Eron janubidagi Bandar Abbos shahridagi portda kuchli portlash yuz bergan. Hozircha qurbonlar 5 kishi, jarohatlanganlar esa 700 nafar.

Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan Shahid Rajoiy nomli bandargohda qoq tush payti sodir bo‘lgan hodisa sababi hali noma’lum. Faqat bir necha konteyner portlagani aniq.

Davlat televideniyesiga bergan intervyusida Hormuzgon viloyati Inqirozni boshqarish idorasi rahbari Mehrdod Hasanzoda aytishicha, fojia oqibatini bartaraf etish ishlari davom etyapti.

Voqea joyidan olingan tasvirlar majmuaga jiddiy zarar yetgani, binolar vayron bo‘lganidan jalolat bermoqda.

Tabiiyki, port faoliyati vaqtincha to‘xtagan.

Prezident Ma’sud Pezeshkiyon qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik va birdamlik bildirdi. Ijtimoiy tarmoqda chiqqan bayonotda u portlash holati va sababi chuqur o‘rganilishini aytgan. Zarur chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida viloyatga ichki ishlar vaziri yuborilgan.

Mahalliy Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari voqea joyiga zudlik bilan tezkor javob guruhlari safarbar etilganiga urg‘u bergan. Tergov boshlangan.

Eron neft kompaniyasi portlashdan hech qanday zarar ko‘rmagani ma’lum qilindi. Aniqrog‘i, Neftni qayta ishlash va taqsimlash milliy kompaniyasi o‘z tasarrufidagi inshootlarga zarar yetgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa zavodlar, yoqilg‘i sig‘imlari, tarqatish markazlari yoki quvurlarga ta’sir ko‘rsatmagan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron porti portladi