Erondagi “Razi” vaksina va zardob ilmiy-tadqiqot instituti zahari kobranikidan 20 barobar kuchli Qora ilon (Siyohi mar) chaqqanda qo‘llanadigan yangi polivalent antidotni taqdim etdi. Marosim mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari G‘ulomrizo Gulmuhammadiy ishtirokida o‘tdi.

Mulozim ushbu kashfiyotni milliy bioxavfsizlik sohasidagi muhim yutuq ekanini ta’kidladi, deb yozgan IRNA.

– So‘nggi yillarda Siston va Balujiston viloyatida ilon chaqishi tufayli yuzaga kelgan o‘lim holatlari kuzatildi, – dedi u. – Ushbu preparat kuchli zaharni zararsizlantirish uchun maxsus ishlab chiqildi. – Qora ilon Eron janubi-sharqidagi chegara hududlarida uchraydi. An’anaviy dorilar ushbu turning mutatsiyaga uchragan zahriga qarshi samarasizligi aniqlandi. Shundan so‘ng yangi aksil dori ishlab chiqish uchun olimlar bir necha bor daladan namuna olib, laboratoriya sinovi o‘tkazdi.

Yetti valentli mazkur zardob otning giper immunizatsiyasi natijasida yaratilgan. Institut ma’lumotiga ko‘ra, preparat allaqachon muvaffaqiyatli klinik sinovdan o‘tgan va ommaviy ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.

Insonga hujum holatlari qayd etilgan Siston va Balujiston viloyatlari Pokiston va Afg‘oniston bilan chegaradosh. Yangi dori ishlab chiqilishi chegaradagi qishloqlar shifokorlari tomonidan keyingi payt ko‘payib ketgan shikoyat va so‘rovlarga munosib javob bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron o‘ta zaharli ilonga qarshi yangi aksil dori taqdim etdi