Eron neftni istagancha sotishda davom etadi
Eronning oliy rahnamosi Ali Humayniy taʼkidlashicha, AQSHning Eron neft savdosini cheklashga oid harakatlari samara bermaydi va Eron neftni oʻzi istaganchalik sotishda davom etadi.
Eronning oliy rahnamosi Ali Humayniy taʼkidlashicha, AQSHning Eron neft savdosini cheklashga oid harakatlari samara bermaydi va Eron neftni oʻzi istaganchalik sotishda davom etadi. “Biz neftni oʻzimiz qancha lozim deb bilsak, shuncha eksport qilmoqdamiz”, deb yozadi Humayniy Twitterdagi sahifasida.
Shuningdek, u AQSHning bu harakatlari javobsiz qolmasligini taʼkidlagan. Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp dushanba kuni Eron neftiga oid sanksiyalar muddati uzaytirilishini aytgandi.