Eron milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etadi
Agar futbolchilarimizning xavfsizligi ta’minlansa, hukumat ularni jahon chempionatiga borishiga ruxsat beradi.
Eron sport vaziri Ahmad Donyamali Eron terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishiga izoh berdi.
"Agar futbolchilarimizning xavfsizligi ta’minlansa, hukumat ularni jahon chempionatiga borishiga ruxsat beradi. Biz jamoaning tayyorgarligini saqlashimiz va logistika bilan bog‘liq barcha talablarni bajarishimiz shart", - dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi mundialning "G" guruhida Belgiya, Misr hamda Yangi Zelandiyaga qarshi bahslarda ishtirok etadi.