AMIR TEMUR QILICHLARI HAQIDA

O‘tmishda o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar – hukmdorlar: sulton, imperator, xon va podshohlarning shaxsiy ashyo’lari, qurol-yarog‘lari doimiy ravishda inconlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Bunday ashyolar, asosan, dunyoning yirik muzeylarida va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelmoqda. Muzeylarda eng atoqli tarixiy shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur nomi bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta eksponatlar borligi ma’lum bo‘ladi. Bunday ashyolar sirasiga “Amir Temur yoquti”, Sohibqironga tegishli bo‘lgan qilichni kiritish mumkin. Bu ikkala ashyo xususida qisqa ma’lumotlar va maqolalar nashr ham qilingan. Amir Temurning bizga ma’lum bo‘lgan qilichi bugungi kunda Eron Islom respublikasidagi Tehron milliy muzeyida saqlanmoqda.  

Amir Temurga tegishli bo‘lgan qilichlar haqida deyarli ma’lumot uchramasa-da, XX asr boshlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra Amir Temur qilichi Tehrondagi muzeyda saqlanayotgani ma’lum bo‘ladi. “O‘zbek davlatchiligi tarixi” kitobi muallifi Azamat Ziyo Eron poytaxtiga qilgan ilmiy safari davomida Sa’dobod saroyi hududidagi Tehron harbiy muzeyida ko‘rganligini yozadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Eron Islom Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi tomonidan hadya qilingan Amir Temur qilichi fotosurati ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Bu ma’lumotlar Sohibqiron Amir Temurning faqatgina birgina qilichi muzeylarda saqlanib qolgandek taassurot uyg‘otadi.  

So‘nggi yillarda eronlik tarixchi olim Manuchehr Mushtog‘ Xurosoniy tomonidan nashr qilingan bir qancha kitob-albomlarda Eron Islom respublikasi muzeylarida Amir Temurga tegishli bir emas, naq uchta qilich borligi ma’lum bo‘ladi.  

Sohibqironga tegishli qilichlardan biri Tehron milliy muzeyida bo‘lsa, qolgan ikkitasi shahardagi Sa’dobod saroy-majmuasi hududidagi Harbiy muzeyda saqlanayotgani aniqlandi. Afsuski, bizda Milliy tarix muzeydagi saqlanayotgan qilichning surati bor xolos. U haqidagi ma’lumotlarni topishning imkoni bo‘lmadi. Lekin eronlik tarixchi M.Xurosoniy tomonidan nashr etilgan bir qator kitoblarda qolgan ikki qilich va ular haqidagi ma’lumotlar olishimiz mumkin.  

Sa’dobod saroy majmuasi – Tehronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, bir qancha saroy va ko‘shklar, muzeylardan tashkil topgan. Ushbu majmua Qojarlar sulolasining so‘nggi vakillari tomonidan bunyod etilgan. Pahlaviylar sulolasi davrida esa yirik saroy – majmuasiga aylantirildi. 1920 yillarda bu yerda Rizo Pahlaviy (1925-1941 yy.) yashagan bo‘lsa, 1970 yillarda majmua uning o‘g‘li Muhammad Rizo Pahlaviyning (1941-1970) qarorgohi bo‘lgan.  

Bugungi kunda Sa’dobod – saroylar va muzey pavilyonlaridan, shuningdek, deyarli har bir binosida noyob muzey kolleksiyalari va nodir eksponatlarni o‘zida saqlayotgan muhtasham majmuadir. Ushbu majmua takribiga kiruvchi shunday muzeylardan biri Harbiy muzey hisoblanadi.

Tehron Harbiy muzeyi o‘rta asrlardan beri saqlanib kelayotgan qurol-yarog‘ va harbiy zirh-aslahalarning jahondagi boy kolleksiyalaridan biri o‘zida mujassam etgan. Ushbu kolleksiya Safaviylardan davridan boshlab sulolaviy ravishda avloddan-avlodga o‘tib kelgan holda Nosirudddin Shoh Qojar davrigacha bo‘lgan qurol-aslahalarni o‘z ichiga oladi. 1979 yilda ro‘y bergan “Islom inqilobi”ga qadar ushbu to‘plam Tehron harbiy universitetida (Danishesh-ye Afsari) saqlanib kelgan. Inqilobdan keyin to‘plamdagi ashyolar uch qismga bo‘lingan. Asosiy qismi - Tehron harbiy muzeyi kolleksiyasini tashkil etadi. Qolgan ikki qismi - Sheroz va Bandar Anzali harbiy muzeylari to‘plamini yaratish uchun ushbu shaharlarga ko‘chirilgan. Tehrondagi kolleksiyaning biz uchun qimmatli jihati – Temuriylar davri bilan boshlanib, Pahlaviylar davri bilan tugaydi. Muzeyda umumiy hisobda 250 ga yaqin turli qurol-yarog‘lar (qilich, oybolta, zirh, kamon va boshqalar qurollar) hamda ularning aksessuarlari mavjud. Shuningdek, Eron-Iroq urushidan olingan zamonaviy qurollar ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Vaholanki, muzeyda qurol-yarog‘ va zirhlarning, shuningdek, Eron monarxlariga sovg‘a qilingan Yevropa, Hindiston, Kavkaz mamlakatlari, Arab davlatlari va Yaponiya kabi boshqa mamlakatlarning qurollari ham mavjud. harbiy muzeyidagi ashyolar orasida biz uchun ahamiyatlisi Sohibqiron Amir Temurga tegishli ikki qilichdir.  

Sohibqironga tegishli bo‘lgan birinchi qilich. Qilich tig‘i Damashq po‘latidan, “Muhammad zinapoyasi” nomi bilan tanilgan uslubda ishlangan. Qilich juda mustahkam, og‘irligi 750 gramm. Tutqichi morjning qoziq tishlaridan ishlangan. Afsuski, qilichning qini yo‘q. Tutqichdan tepa qismida oltin suvi yuritilgan uchta hoshiyalar bo‘lib, ularning ichida kufiy xatida yozuvlar mavjud. Afsuski, ushbu hoshiyalardagi yozuvlarni to‘liqroq o‘qishga imkon bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, kufiy yozuvidagi bitiklardan quyidagilarni o‘qishimiz mumkin: “Assadollah ibn Husayn Vas 783”; so‘ngra rasmda ushbu qilichni yasagan usta-hunarmandning ismi – “Amal-e Umar ibn Bahodur” yozuvlari bor, undan pastroqda esa “Abu Najafiy ... 71” ni o‘qishimiz mumkin. Eng ahamiyatlisi qilichda alohida kartushda “Amir Temur Ko‘ragon” yozuvi nasta’liq xatida tushirilganini ushbu qilichning Sohibqironga tegishli bo‘lganligini anglatadi. Qilichdagi hijriy 783 yil (milodiy 1381-1382) aynan Amir Temur hukmronlik yillariga xosdir. Ammo, biz 71 raqami nima ma’no anglatishi haqida aniq xulosaga ega emasmiz. Qilichga keyinchalik Safaviylar vakili Shoh Safi hukmronligi davrida yana bitta kartush qo‘shilgan bo‘lib, nasta’liq yozuvida Bandeh-ye Shoh Velayat Safi (Ilohiy huquq bilan shoh Safi) bitilgan. Boshqa tomonida esa “Sardar-ye Kol Aziz Xon Mokri 1277” (qudratli qo‘mondon Aziz Xon Mokri 1277 h. /1860-1861 m.) yozuvi oltin suvi bilan bezatilgan kartush mavjud. Azizxon Mokri kurdlarining mokri urug‘idan bo‘lgan (1207-1287/1792-1871) Qojarlar sulolasidan Nosiriddin Shoh (1846-1898) hukmronligi davrida ikki bor Eron qo‘shinining bosh qo‘mondoni bo‘lgan.  

Ikkinchi qilich ham Damashq po‘latidan, 40 zinapoyali uslubda ishlangan bo‘lib, nihoyatda mustahkamdir. Uning  og‘irligi ham 750 gramm. Qilichdagi dastlabki kartush va undagi yozuv o‘chib ketgan. Keyingi kichik hoshiya ichdagi yozuvda 1305 sanasi bitilgan. Pastki qismdagi kartushda esa “As-Sulton Amir Teymur Ko‘ragoniy” ismi yozilgan. Barcha yozuvlarda oltin suvi yurgizilgan.  

Shundan kelib chiqib, Amir Temurdan so‘ng ushbu qilich Erondagi sulolalarda avloddan avlodga meros sifatida o‘tib kelganligini anglash mumkin.  

M.Xurosoniy o‘z asarida ushbu qilichlardan biri Mirzo Muhammad Yusuf G‘azviniy Isfahoniyning “Iroq dar Zamon-ye Shoh Safi va Shoh Abbos Do‘vvum” asarida keltirilgan, deya ma’lumot beradi. G‘azviniy Isfahoniy aslida Amir Temur Ko‘ragonga tegishli bo‘lgan ushbu qilich Shoh Safi davrida Eronda paydo bo‘lgan hamda unga ishonib torshirilganligini “u xuddi shu tarzda dunyoni zabt etishi mumkinligi”ni ta’kidlaydi. Ikkala qilichda ham Amir Temur Ko‘ragoniyning ismi qilich tig‘ida bitilganligi ularning Sohibqironga tegishli bo‘lganligiga shubha qoldirmaydi.  

Xulosa qilib, Amir Temur va temuriylar davrida harbiy san’at qay darajada rivojlanganligini nafaqat manbalardagi ma’lumotlar orqali, balki o‘sha davrga tegishli qurol-yarog‘larni o‘rganish asnosida ham berish mumkin. Bu o‘rinda bugungi kunda dunyoning ko‘plab muzey va kolleksiyalarida saqlanib kelayotgan ushbu davrga tegishli harbiy qurollarni aniqlash va ularni tadqiq etish lozim.

Avazov Farruh Azamat o‘g‘li,

Temuriylar davlat tarixi muzeyi ilmiy xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Islom respublikasi muzeylarida Amir Temurga tegishli uchta qilich borligi ma’lum bo'ldi