Eron: Bahrayndagi Shayx Iso harbiy bazasiga dron zarbasi berildi
“Al Jazeera” telekanali Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bayonotiga tayanib xabar berishicha, Eron kuchlari Bahrayndagi Shayx Iso harbiy bazasiga dron yordamida hujum uyushtirgan.
Ta’kidlanishicha, amaliyot chog‘i AQSH harbiylari foydalanadigan “Super Hawk” radari, “Patriot” havo hujumidan mudofaa tizimi hamda boshqa aloqa va radiolokatsiya vositalari nishonga olingan. Shuningdek, qiruvchi samolyotga yonilg‘i quyish majmuasiga ham zarba berilgan. IIQK ma’lumotida hujumga uchragan harbiy baza to‘liq ishdan chiqqani qayd etilgan. Mazkur da’vo mustaqil manbalar tomonidan hozircha tasdiqlangani yo‘q.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA