Erling Xoland dubl qayd etgan o‘yinda Norvegiya Iroqni mag‘lub etdi
Yakuniy hisob 4:1 Norvegiya g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatining 1-tur bahslari davom etmoqda.
O‘lim guruhidan joy olgan Osiyo qit’asi vakili Iroq terma jamoasi Norvegiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Yevropa vakillarining biroz ustunligi ostida o‘tdi. O‘yinning 29-daqiqasida Erling Xoland gol urib, hisobni ochdi. 39-daqiqaga kelib, iroqliklar yetakchisi Ayman Hussain muvozanatni tikladi. Biroq oradan 4 daqiqa o‘tib, Erling Xoland yana gol urdi va "vikinglar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqaga kelib, Leo Ostigard hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 7-daqiqada esa Aymen Hussain o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Yakuniy hisob 3:1 Norvegiya g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.