Samarqand davlat universiteti rektori, senator R.Xolmurodov maktab taʼlimi sifatini oshirish uchun oliy pedagogik taʼlim nufuzi va ahamiyatini oshirish kerakligini taʼkidladi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun oʻtkazilgan oʻn oltinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama etildi.

Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi S.Usmonov farmon loyihasi yuzasidan pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchiliklarning fikr-mulohazalari inobatga olingan ishlab chiqilgan takliflar va ularning ahamiyati haqida deputatlarga maʼlumot berdi. Jumladan, maktab oʻquvchilari uchun onlayn tizimda oʻquv darsliklarini avtomatlashgan tartibda taqsimlashning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish, tuman va shaharlar markazlarida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga bolalarni maktabning mikrohududi boʻyicha Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish, belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslaridan oʻtmagan pedagoglar bilan yangi oʻquv yilidan boshlab mehnat sharnomasini bekor qilish mexanizmi ishlab chiqish kabi takliflar bildirildi.

– Hozir maktabga muallim tayyorlaydigan muallimlarning oʻzini qayta tayyorlash kerak, – dedi R.Xolmurodov. – Pedagogik yoʻnalishda mutaxassis tayyorlashda sirtqi taʼlimdan voz kechish, talabalarni davlat granti asosida oʻqitish lozim deb hisoblaymiz. Nega tibbiyot oliygohlarida sirtqi taʼlim yoʻq? Chunki inson salomatligiga masʼul shifokorni bunday usulda tayyorlab boʻlmaydi. Yoshlar taʼlim-tarbiyasiga ham ana shunday masʼuliyat bilan yondoshadigan boʻlsak, pedagogik taʼlimga eʼtiborni har qachongidan kuchaytirish lozim.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, deputat I.Toʻxtasinov oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlashining bir va ikki yillik oʻqitish tizimini joriy etishni taklif etdi.

Sessiyada deputatlar, taʼlim sohasi vakillari ham mavzu yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.

– Maktab, taʼlim-tarbiya ishi bu faqat shu soha vakillarining vazifasi emas, – dedi Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov. – Bunga katta-yu kichik birdek eʼtibor qaratishi, mamlakat kelajagi, xalq taqdiri ilm bilan, taʼlim-tarbiya bilan bogʻliqligini har bir inson his qilishi lozim. Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hokimlar, mutasaddi rahbarlar oldiga aniq vazifalar qoʻygan edilar. Farmon loyihasida bu ham oʻz aksini topgan. Endi hokimlar, sektor rahbarlari maktabga direktorni urishish, doʻq urish uchun emas, yordam berish uchun borishi kerak. Biz maktabning shakliga, yaʼni u yerdagi sharoitga, direktor esa mazmunga, maktab taʼlimi sifatiga javob beradi.

Sessiyada bildirilgan takliflar umumlashtirilib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

photo_2020-10-27_17-12-32.jpg

photo_2020-10-27_17-12-36.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkinjon Turdimov: Hokimlar, sektor rahbarlari maktabning shakliga, direktor esa mazmunga javob beradi
Жамият
17:10 / 27:10:2020