Erkin, farovon va qudratli Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan “Erkin, farovon va qudratli Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Farg‘ona shahrida joylashgan “Central Asian Medical University” xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar, partiyadan saylangan mahalliy Kengash deputatlari hamda faollari qatnashdi.
Tadbir doirasida ko‘p tarmoqli “Meridian” xususiy klinikasi shifokorlari tomonidan Xo‘jamag‘iz va Surxtepa mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
[gallery-23185]
Shuningdek, sayyor qabul tashkil etilib, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputatlari Nurillo Mamasodiqov hamda Erkinjon Hamidov aholi murojaatlari bilan tanishib, unda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlarga kirishdi.
Tadbir doirasida yangi avlodni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida maktab o‘quvchilari bilan yuzma-yuz uchrashuv ham o‘tkazildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA