“Talaba yoshlar salomatligiga ichak mikrobiotsenozi va immunologik ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi” mavzusida
Ergashov Ozodjon Ilhomovichning 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya; 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosliklari bo‘yicha “Talaba yoshlar salomatligiga ichak mikrobiotsenozi va immunologik ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajargan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2024 yil 16 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Ya.G‘ulomov ko‘chasi, 74-uy. Immunologiya va inson genomikasi instituti asosiy binosi, 3-qavat majlislar zali.
Tel.: (99871) 207-08-30
e-mail: immunology@academy.uz