Ergashev Erkinjon Abdusattor o‘g‘lining biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Biologik suyuqliklarning kristallanish kinetikasi, xususiyatlari va ularni tibbiy tashxisdagi ahamiyati” mavzusida
Ergashev Erkinjon Abdusattor o‘g‘lining 03.00.02 – “Biofizika va radiobiologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Biologik suyuqliklarning kristallanish kinetikasi, xususiyatlari va ularni tibbiy tashxisdagi ahamiyati” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi biologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 174-uy.
Tel.: (+99871) 246 68 96
e-mail: ibb-nuu@mail.ru