Erdo‘g‘on Turkiyaning maqsadini ma’lum qildi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, hukumat tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiyot bo‘yicha samarali choralar mamlakatni muammolar girdobidan qutqardi, uning ta’kidlashicha, Anqaraning maqsadi dunyodagi iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlari o‘ntaligiga kirish.
"Biz iqtisodiyotda bosib o‘tgan yo‘limiz va ishlab chiqqan vositalarimiz bilan mamlakatimizni muammolar girdobidan qutqarib oldik. Mamlakatimiz himoyalanmagan mexanizm va beqarorlik g‘ildiragi ostida qolgan edi. Bizning yo‘limiz – bu investitsiya, bandlik, mahsulot ishlab chiqarish, eksport va o‘sish. Maqsadimiz jahon iqtisodiyotining top o‘ntaligiga kirish", - dedi Turkiya yetakchisi, mamlakatning ilmiy-texnika tadqiqotlari bo‘yicha Kengashi (TÜBİTAK) va Turkiya fanlar Akademiyasida (TÜBA) bo‘lib o‘tgan ilm-fan bo‘yicha mukofotlarni topshirish marosimida so‘zga chiqib.
So‘nggi yillarda Turkiyaning moliya tizimi lira kursining tushib ketishi tufayli muammolarni boshidan kechirmoqda. Turkiya Markaziy banki hisob stavkasini qatorasiga bir necha bor tushirgandan keyin lira keskin arzonlashib ketdi. 20 dekabrda dollar rekord darajada qimmatlashib, 18,4 liraga chiqib ketdi, xolbuki, u yil boshida 7,4 lira edi.
Erdo‘g‘onning Turkiya lirasi kursining tushishiga qarshi yangi choralar ko‘rilayotgani haqidagi bayonotidan keyin milliy valyuta yana qimmatlasha boshladi, natijada Turkiya valyutasi o‘tgan haftada boy bergan pozitsiyasini yana qaytarib oldi. Seshanba kuni Turkiyada dollar 11,8 lira atrofida sotilmoqda.