Erdog‘an: armanlar va ozarbayjonlar totuv yashashi kerak
Turkiya Qorabog‘dagi armanlar va ozarbayjonlar birgalikda totuv yashashini qo‘llab-quvvatlaydi, deb bayonot berdi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an. Uning ta’kidlashicha, Qorabog‘ Ozarbayjon hududi ekanini hamma tan olgan, boshqacha yondashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Asosiy maqsad Qorabog‘da ozarbayjonlar va armanlar birga, totuv yashashiga erishish”, - dedi Erdog‘an.