Erdog‘an AQSHdagi saylovni ijobiy baholadi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an AQSH Kongressiga o‘tkazilgan oraliq saylovning dastlabki natijalari o‘z mamlakati uchun ijobiy ahamiyat kasb etishi, Vashingtonning Anqaraga «F-16» qiruvchi samolyotlari yetkazib berishi bo‘yicha yangi umid baxsh etishini bildirdi.
Bu fikrni Erdog‘an Samarqanddan qaytar chog‘i, uchoqda turk jurnalistlari bilan kechgan suhbatda aytdi.
«Qo‘shma Shtatlardagi saylov bilan bog‘liq ijobiy xabarlar tarqalmoqda. Umid qilamanki, kelasi oy yaxshi yangiliklar ko‘p bo‘ladi. Biz «F-16» masalasida ijobiy natijaga erishamiz».
Turkiya Havo kuchlari qo‘shinlari uchun 40 ta “F-16 Block-70” qiruvchi samolyoti va 80 ta “Block-70” olishga intilmoqda.
O‘zA