Anqara AQSHdan na qiruvchi samolyotlar oldi, na unga to‘langan pullar qaytarib oldi, deb bayonot berdi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.
Uning gaplarini Anadolu agentligi quyidagicha keltiradi:
"C-400 havo mudofaa tizimini xarid qilayotganmizda bizga tahdid qilganlar ham bo‘ldi, lekin ular ushbu tizim evaziga hech narsa taklif etmagan. Hozir esa biz F-16 jangovar samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib bormoqdamiz, biroq bizga rad javobini berishmoqda. Bizga F-35, samolyotlarini berishni va’da qilgan edi, lekin so‘zida turishmadi. Biz taxminan 1 milliard 400 million dollar to‘laganmiz. Samolyotlar ham yo‘q, pul ham qaytarilmadi. Biz hamisha so‘zimizda turganmiz, shunday ekan hamkorlarimizdan ham shuni kutamiz".
AQSH Turkiyani Rossiyadan S-400 havo mudofaasi tizimini sotib olgani uchun jazo sifatida yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish dasturidan chiqargan edi. Shundan keyin Erdog‘an Amerika boshqa qiruvchi samolyot, xususan, to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotlarini taklif qilyotgani haqida ma’lum qilgandi.
Ushbu kelishuv kongressda ma’qullanishi kerak. Kongressda esa kelishuvga qarshilar ham talaygina.