Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovi Surxondaryo viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning turli hududlaridan ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, hunarmandlik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurayotgan tadbirkorlik sub’ektlari onlayn ariza topshirib, o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdi.  

Mahallalar xududida amalga oshirish rejalashtirilgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirishga, biznes loyihalar tashabbuskorlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tanlovda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvor ahamiyat berildi.

Prezidentimizning 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida kredit mablag‘lari olib tadbirkorlik faoliyatini boshlagan va faoliyatini kengaytirgan Boysun tumanidagi “DREAM`S SHAHRINAZ” oilaviy korxonasi rahbari Nilufar Jo‘rayeva birinchi, Denov tumanidagi “SAODATXON DENOV TEKSTIL” unitar korxonasi rahbari Zarina Toshmuratova ikkinchi, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Hunarmandlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlig‘i O‘rol Ortiqov uchinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblar tanlov tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi biznes loyihalari saralandi