| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, “Qaraqalpaqkino” agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlarni keng ommaga yetkazishda mehnat qilayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishda mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tanlovda shoir va yozuvchilar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, musavvirlar, xalq amaliy san’ati vakillari, kino ijodkorlar, fotosuratchi va dizaynerlarning “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi.
Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilgan ustoz va yosh ijodkorlarning eng sara ijodiy ishlaridan munosiblari tanlandi. Hakamlar hay’ati tomonidan Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi A.Sultanov, jurnalist B.Nurabullayev, kinossenarist B.Madiyarov, rassom va san’atshunos U.Utegenova, radiojurnalist Q.Palimov, Qoraqalpog‘iston televideniyesi muharriri A.Berdimuratova, “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi muxbiri S.Orazimbetov g‘olib deb topildi.
– Mustaqil mamlakatimizda barcha sohalar kabi kino san’atiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tanlov g‘olibi Baxtiyar Madiyarov. – Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolbo‘yida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni aks ettirishdagi mehnatimizni munosib baholagani uchun minnatdorlik bildiramiz.
Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
Muallif: dovudabibullayev




