Jizzax shahridagi “Sambhram” universiteti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jurnalistlar, yozuvchi, shoir, rassom, dizaynerlar, ijtimoiy tarmoq ijodkorlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi raisi Isfandiyor Latipov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqidagi, bosma va ijtimoiy tarmoqlardagi tahliliy va publitsistik maqolalar, she’r va nasriy asarlar, rang-bo‘yoq rasmlar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning har biri eng yuqori mukofotga loyiqligini, bularning barchasi mustaqillik va mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar sharofati tufayli ekanini ta’kidladi.  

[gallery-18827]

– Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli davlatimizning dunyo miqyosidagi yutuqlarining bardavomligi natijasi o‘laroq biz erkin emin yashayapmiz va ijod qilyapmiz, – deydi ko‘rik-tanlovning bosma axborot vositalari bo‘yicha birinchi o‘rin sohibi, erkin jurnalist Abdusattor Sodiqov. – Ijodkor sifatida mana shu Vatan taqdiriga befarq bo‘lmay, mustaqillik davrida, ayniqsa, keyingi 6-7 yil davomida, viloyatimizda va birgina Zomin tumanidagi olamshumul yutuqlar, bunyodkorlik ishlar, keksalarimizga qaratilayotgan g‘amxo‘rlik va yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlarni yoritishda faollik ko‘rsatganim, ijodim bilan hissa qo‘shganimni rag‘batlantirishganidan benihoya xursandman.  

Tadbirda g‘olib va sovrindorlar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Viloyat san’atkorlari ijrosida yangragan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng ulug‘, eng aziz”: tanlov g‘oliblari taqdirlandi