Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Tanlovga “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan  “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha erishilayogan natijalar, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes yuritish shartlarini yengillashtirish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunurmandchilikni rag‘batlantirish uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar; “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Bir million dasturchi” kabi ijtimoiy loyihalarning joriy etilishi, aholi bandligini ta’minlash, uning real daromadlarini izchil oshirib borish, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, sport sohalarini tubdan rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni hayotiy misollar orqali ochib beruvchi asarlar, ijodiy ishlar qabul qilingan.  

[gallery-3626]

Shunga muvofiq “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida “Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari yo‘nalishi”, “Bosma OAV xodimlarining maqolalari”, “OAV sifatida davlat ro‘yxatiga olingan veb-sayt xodimlarining jurnalistik ishlari”, “Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari”, “Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari”, “Kino san’ati asarlari” kabi nominatsiyalar bo‘yicha 20 nafar ijodkorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

– bugungi islohotlarni keng ommaga yetkazishda va mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushuntirishda OAV vakillarining o‘rni  nihoyatda ahamiyatli, – deydi tanlovning “Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari” nominatsiyasi g‘olibi, jurnalist Shavkat Aminov. – Kamtarona mehnatlarimiz inobatga olinib, ko‘pchilik fidoyi hamkasblarim qatori meni ham taqdirlashdi. Bundan juda mamnunman. Tan olishimiz kerak keyingi yillarda OAV vakillari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, so‘z erkinligi, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlanayotgani tahsinga loyiq. Albatta biz, soha vakillari ushbu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, odamlarning sifatli axborotga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirishimiz kerak.

O‘lmas Barotov,

O‘zA. Jamshid Norqobilov (surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng munosiblar g‘olib bo‘ldi