Eng kuchli rapirachilarimiz aniqlandi
Poytaxtimizdagi «Paxtakor» sport majmuasida joylashgan qilichbozlik zalida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining rapira bo‘yicha bahslarida yakkalik va jamoaviy bellashuvlar o‘tkazildi.
Musobaqaning o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarida Toshkent shahri terma jamoasi ikki toifada ham birinchi o‘rindan joy oldi.

Yakkalik bellashuvlarida Selimxon Mustafoyev, Nazar G‘ofurov, Abdulloh Ergashev va Otabek Norinbekov o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egallagan bo‘lsa, Shodiyaxon Mirathamova, Ulyana Kuzikova, Nazende Alimxo‘jayeva hamda Rayana Tashimova shohsupaga ko‘tarildi.

O‘zbekiston kubogida sablya yo‘nalishida yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlar tashkil etilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA