Eng kuchli polvonlar Farg‘onada bellashadi
Prezidentimizning “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalarni tashkil qilish, ommalashtirish eng dolzarb masalalar sirasiga kiritildi.
Joriy yilning 24-27 fevral kunlari Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida kurash bo‘yicha yilning dastlabki musobaqasi – kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Chempionatda mamlakatimizning barcha hududidan saralab olingan eng kuchli polvonlar raqobatlashadi. Ayni kunlarda musobaqa ishtirokchilari O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘z shahar va viloyatlarida olib borishmoqda.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA