Sharqiy harbiy okrugning So‘x tumanida joylashgan harbiy qismida barpo yangi ob’ektlar hamda kapital ta’mirdan chiqarilgan bino-inshootlar foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Lutfulla Buzrukov, viloyat sektorlari hamda huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlovchi organlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlar harbiy sohada o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatayotgani, harbiy-ma’muriy sektorlar tashkil etilib, joylarda davlat hokimiyati organlari ham mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashda faol ishtirok etib kelayotgani tadbir davomida alohida qayd etildi.

Harbiy qismda viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan 18,9 milliard so‘mlik loyiha asosida 300 o‘rinlik madaniyat saroyi, 300 kishi bir vaqtda shug‘ullanishiga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali sport majmuasi, ochiq o‘yingoh , texnika parki tashkil etildi, 90 kishiga mo‘ljallangan yotoqxona kapital ta’mirdan chiqarildi, qism hududi obodonlashtirildi. Shuningdek, harbiy qismga tutash hududda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 60 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etildi.

“Armiya va xalq – bir tanu bir jondir” degan g‘oyani amalda ta’minlash, So‘x tumani  yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qism hududidagi madaniyat saroyi hamda sport inshootlari hududda yashovchi yoshlar foydalanishlari uchun doimiy ochiq ekanligi e’lon qilindi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ilg‘or sharoitlar yaratilgan So‘x tumani harbiy qismlarida xizmat qilishni bugun har bir harbiy orzu qiladi