Mudofaa vazirligining Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Eng yaxshi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi” va “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha eng ilg‘or ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari o‘zaro bellashdi.

Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ularda xalqimiz tarixi va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirishga, Vatan himoyasi, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlash hissini mustahkamlab, yosh avlodni harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash yo‘lida samarali faoliyat yuritmoqda.  

Mazkur tanlov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining bu boradagi bilim hamda malakalarini sinovdan o‘tkazib, munosib rag‘batlantirishga, tajribalarini ommalashtirishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Shu maqsadda ishtirokchilar quroldan o‘q otish, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalarini kiyish normativi, saf tayyorgarligi, AK-74 avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan tanlov yakunida “Eng yaxshi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rin Uzun tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik Otabek Shermatovga nasib etdi. Angor tumanidagi 14-maktabning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik Zafar Djumayev ikkinchi, Sariosiyo tumanidagi 17-maktabning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, zaxiradagi leytenant Nuriddin Abdullayev uchinchi o‘rinni egalladi.

“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha eng ilg‘or ta’lim muassasasi” yo‘nalishida Denov tumanidagi 20-umumta’lim maktabi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi Abdusamat Boymurodov birinchi, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 25-umumta’lim maktabi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, rezervdagi mayor Yuldosh Xolmo‘minov ikkinchi va Qiziriq tumanidagi 8-umumta’lim maktabi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, rezervdagi mayor Xolmurod Xamroyev uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga viloyat hokimligi va viloyat mudofaa ishlari boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ilg‘or chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari rag‘batlantirildi