Namanganda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda oliy o‘quv yurtlari hamkorligida “Yil talabasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarning ilm-fan, madaniyat, san’at va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, erishayotgan muvaffaqiyatlarini munosib rag‘batlantirish, ularda vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-pedagogika hamda Namangan muhandislik-texnologiya institutlaridan 21 talaba ishtirok etdi.

– Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlovga talabalar orasida qiziqish katta bo‘ldi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi Muhammadali Ubaydullayev. – Uning oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib o‘tgan dastlabki bosqichida yuzdan ziyod talaba ishtirok etgani so‘zimiz isbotidir.

Ishtirokchilar “Madaniyat sohasidagi eng faol talaba”, “Sport sohasidagi eng faol talaba”, “San’at sohasidagi eng faol talaba”, “Ilm-fan sohasidagi eng faol talaba”, “Texnika sohasidagi eng faol talaba”, “Jurnalistika sohasidagi eng faol talaba” va “Eng a’lochi talaba” kabi yetti nominatsiya bo‘yicha bellashdi.

G‘oliblar ishtirokchilarning 2014-2015 o‘quv yilida erishgan yutuqlari, o‘qish va jamoat ishlaridagi faolligi, reyting ballarini aks ettiruvchi fotoalbom, videolavha hamda hujjatlar yig‘majildini o‘rganib chiqish asosida aniqlandi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari Alimardon To‘xtanazarov, Asilbek Mirzaumidov, Oqilxon Dadaboyev, G‘aybullo Mamajonov, Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi Volida Bekjonova, Namangan davlat universitetidan Orifa Latipova, Shahriyor Jahongirovlar nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Munosib rag‘bat biz, yoshlarni yanada faol bo‘lish, katta maqsadlar sari intilishga undaydi, – deydi Namangan muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchisi Oqilxon Dadaboyev. – Prezidentimizning katta ishonch va g‘amxo‘rligi biz, yoshlar uchun eng oliy rag‘batdir. Tanlovning “Jurnalistika sohasidagi eng faol talaba” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganimdan juda xursandman.

Tanlov g‘oliblari maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert barchaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng faol talabalar