Joriy yilning ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha Toshkent viloyatidagi 1 ming 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Onlayn mahalla” platformasi orqali avtomatik ravishda 100 ballgacha tizim bo‘yicha baholangan edi.

Shundan kelib chiqib, hududda eng yaxshi natija ko‘rsatgan, “Sayxunobod”, “Uychi”, “G‘ijduvon”, “Zarbdor” tajribalarini tatbiq etishda faolligi, shuningdek, “Eng faol hokim yordamchilarining TOP-100” taligiga kirgan Angren, Bekobod, Nurafshon shaharlari, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent tumanlaridagi mahallalarning o‘n nafar hokim yordamchilari saralandi. Nurafshon shahrida tashkil etilgan tadbirda ularga Toshkent viloyati hokimining faxriy yorliq va mukofotlar topshirildi. 

– Faoliyatim yuqori baholanganidan xursandman, – deydi Zangiota tumani “Qirguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Asiya Qudaybergenova. – Mahalladagi 448 ta xonadon to‘liq xatlovdan o‘tkazildi va onlayn mahalla platformasiga kiritildi. Yil boshidan ishsiz 32 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, 90 nafar mehnatga layoqatli ishsiz o‘zini o‘zi band qilish va norasmiy ishlayotganlarni legallashtirish orqali bandligi ta’minlandi.

Hududda 10 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilindi. Faoliyatini to‘xtatgan 20 ta tadbirkorga amaliy yordam berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida jami 4 ta loyihaga 70 million so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Umuman olganda, hali oldimizda turgan vazifalar juda ko‘p. 

Qayd etilganidek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlarini ishga solish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. 

Ayniqsa, joylardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirilayotgani aytib o‘tildi. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng faol hokim yordamchilari taqdirlandi