Energiyani tejaşga çorlov har bir oiladan boşlanişi lozim
11-noyabr – Xalqaro energiya tejamkorligi kuni
Oilamizda ortiqça çiroqlarni öçirib, işlamayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib yuriş doimiy odatimizga aylangan. Hatto bunga eng kiçkina qizim ham juda odatlanib qolgan va qatʼiy amal qiladi. Baʼzida çiroq yoniq qolgan bölsa, opasini, bizni, hatto mehmon kelgan bölsa ularni ham çiroqlarni bekorga yoqib qöymaslik haqida ogohlantirib qöyadi.
Bundan ham xursand bölamiz, ham hayratlanib qolamiz. Töğri, elektr energiyasini, suvni ortiqça işlatmaslik, behuda sarflamaslik kerakligini özimiz ularga örgatganmiz. Tabiatni, undagi tabiiy resurslarni asrab-avaylaş könikmasini bolaligidan boşlab şakllantirganmiz, uqtirganmiz va şunga odatlantirganmiz. Şuning uçun ham farzandlarimiz energiya yoki suvni tejamaslik faqatgina oila byudjetiga emas, butun tabiatga, ekologiyaga zarar ekanligini juda yaxşi biladi.
Darhaqiqat, bugun aholi soni köpayib, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, energiya resurslariga bölgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, neft va boşqa tabiiy boyliklar insoniyat hayotida muhim örin tutadi. Biroq, uşbu resurslarning çeklanganligi ulardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanişni talab etadi.
Energiya tejamkorligi bu şunçaki elektr energiyasini kam sarflaş emas, balki tabiatni asraş, atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiriş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş boğliq masaladir. Şu bois, uşbu masala dunyo miqyosida global hisoblanadi.
Şundan kelib çiqib, har yili 11-noyabr dunyoda Xalqaro energiya tejamkorligi kuni sifatida nişonlanadi. Uşbu sanadan közlangan maqsad — energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, elektr energiyasini tejaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişga jamoatçilik eʼtiborini qaratişdan iborat.
Maʼlumotlarga köra, xalqaro energiya tejamkorligi kunini taʼsis etiş taşabbusi 2008-yil aprel oyida Qozoğistonda xalqaro ekologik SPARE — «Resurslar va energiyadan foydalaniş böyiça maktab loyihasi» tarmoği tomonidan ilgari surilgan. 2008-yil noyabr oyida Xalqaro energiya tejamkorligi kuni birinçi marta nişonlangan.
Uşbu xalqaro sana energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanişni tarğib qiliş, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejaş madaniyatini şakllantiriş, atrof-muhit ifloslanişini kamaytirişda muhim örin tutadi. Şuningdek, quyoş, şamol va boşqa qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş, aholi, yoşlar va kelajak avlodlarda ekologik masʼuliyatni oşiriş hamda energiya samarador texnologiyalarni joriy etişni rağbatlantirişda alohida ahamiyatga ega.
Taʼkidlaş lozimki, energiyani tejaş faqat oila byudjeti va iqtisodiy jihatdangina muhim emas. Balki ekologik va ijtimoiy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Odamlarda energiyani tejaş böyiça şakllanadigan odat va ekologik madaniyat oilaviy byudjet va korxonalar xarajatlarini qisqartiriş barobarida tabiiy resurslar zaxirasini saqlaşga yordam beradi. Energetika tizimiga tuşadigan ortiqça yuklamani kamaytiradi va barqaror ekologik muhitni şakllantirişga xizmat qiladi.
Bu yönalişda mamlakatimizda keng kölamli islohotlar amalga oşirib kelinmoqda. Hududlarda energiya tejamkor uskunalarni joriy qiliş, quyoş panellarini örnatiş, şamol generatorlari orqali elektr işlab çiqariş kölamini oşirişga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Jumladan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida energiya işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, yoqilği resurslaridan samarali foydalaniş, energiya tejamkorligini taʼminlaşga qaratilgan izçil işlar olib borilmoqda. Maʼlumotlarga köra, joriy yilning 9 oyida bu boradagi çora-tadbirlar natijasida 52 million kub metr tabiiy gaz va 137,7 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejalişiga erişilgan. Bunda tabiiy gazni tejaş böyiça prognoz körsatkiçi 137,7 foizga, elektr energiyasini tejaş böyiça esa 107 foizga bajarilgan.

Bir söz bilan aytganda, Xalqaro energiya tejamkorligi kuni har birimizni tabiiy boyliklardan oqilona foydalanişga, ekomadaniyatimizni yuksaltirişga hamda kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatimizni his etişga çorlaydi. Yuqorida oilamizda, ulğayib kelayotgan farzandlarimizda şakllangan energiya tejamkorlik odatini bejizga misol sifatida keltirmadim. Birgina elektr energiyasini kam sarflaş orqali tabiatni asraşga, kelajakni muhofaza qilişga hissa qöşgan bölamiz. Buning uçun har birimiz, avvalo, oilada, farzandlar tarbiyasida energiya tejamkorlikni örgatişimiz, biz kattalar bu borada bolalarimizga örnak bölişimiz lozim böladi.
Muhtarama Komilova, ÖzA